My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Xalqaro hamkorlik
April 18, 2024, 7:23 p.m.

Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida Rossiya Fanlar akademiyasining M.V.Keldish nomidagi amaliy matematika instituti (ИПМ им. М.В.Келдыша РАН) delegatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik muzokaralari olib borildi. Delegatsiya tarkibida ИПМ direktori, f.-m.f.d., prof., RFA muxbir a’zosi Aptekarev Aleksandr Ivanovich hamda institutning ilmiy rahbari, f.-m.f.d., akademik Chetverushkin Boris Nikolayevichlar tashrif buyurishdi. Muzokara davomida Matematika instituti bilan hamkorlikda olimlarning qo‘shma loyihalarini yo‘lga qo‘yish, matematikaning amaliy masalalarga tatbiqlari doirasidagi ilmiy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. Rossiya Fanlar akademiyasining ИПМ delegatsiyasi 3 kun davomida Toshkent shahrida bo‘lib, Matematika instituti bilan bir qatorda O‘zbekiston milliy universiteti, Sun'iy intellekt va raqamlashtirish institutlari bilan ham hamkorlik chora-tadbirlarini kelishib olishadi.