My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Konferentsiyalar
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
✫  Mazkur konferensiyaning maqsadi tarmoqlanuvchi jarayonlar nazariyasi va ularning tatbiqlari bo’yicha tadqiqot olib borayotgan turli mamlakat olimlari, mutaxassislari va yosh olimlari o‘rtasida ilmiy aloqalarni mustahkamlash, bu borada yaqinda erishilgan muhim natijalarni muhokama qilish va bu boradagi vazifalarni belgilashdan iborat
✫  Konferensiyaning maqsadi stoxastik tahlilning turli sohalari, stoxastik differensial tenglamalar nazariyasi va stoxastik jarayonlar uchun limit teoremalar bo'yicha erishilgan so’nggi natijalar bo’yicha fikr almashish va kelajakdagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
✫  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy Universiteti hamkorligida 2️⃣0️⃣2️⃣2️⃣-yil 1️⃣4️⃣ - 1️⃣5️⃣ sentabr kunlari Toshkent shahrida (xorijiy olimlar ishtirokida) "Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi. Ilmiy konferensiyaning maqsadi operatorlar algebrasi va nokommutativ integrallash nazariyasining asosiy yo‘nalishlari hamda assotsiativ bo‘lmagan algebralarning strukturaviy nazariyasi rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollarini, funksiyalar nazariyasi shuningdek, ularning matematik fizika, dinamik sistemalar nazariyasi va kvant ehtimollik nazariyasida qo‘llanishlarini muhokama qilishdan iborat.
✫  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy Universiteti hamkorligida 2022-yil 14-15 sentabr kunlari Toshkent shahrida (xorijiy olimlar ishtirokida). "Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Ilmiy konferensiyaning maqsadi operatorlar algebrasi va nokommutativ integrallash nazariyasining asosiy yo‘nalishlari hamda assotsiativ bo‘lmagan algebralarning strukturaviy nazariyasi rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollarini, shuningdek, ularning matematik fizika, dinamik sistemalar nazariyasi va kvant ehtimollik nazariyasida qo‘llanishlarini muhokama qilishdan iborat.
✫  Mirzo Ulug‘bek nomli Uzbekiston Milliy universiteti. O‘zR FA Matematika instituti, Farg‘ona davlat universiteti. xalkaro muxandislar akademiyasi 2021 yil 15-17 noyabr kunlari «Amaliy matematika va informasion texnologiyalarning dolzarb muammolari -Al-Xorazmiy 2021» VII xalqaro ilmiy konferensiyasini o‘tkazadi. Anjuman mamlakatimizda fanning ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish, ilm-fan yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytnrish va yosh olimlarni sohaga jalb kilish hamda ularni sohaning yetuk mutaxassislari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash borasida ahamiyatga egadir.