Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
|
Tadbirlar |
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
|
|
Yosh olimlar uchun mahorat darsi
March 16, 2023, 9:51 a.m.
Bugun Eron Matematika Jamiyati prezidenti Mohammad Sal Moslehian va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yosh olimlari o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida hozirgi zamon ilm fani, matematikaning dolzarb masalalari, ilm-fan bilan shug'ullanishda yoshlar nimalarga ko'proq e'tibor qaratishlari zarurligi, ilmiy maqolalar yozish tartibi hamda ularni nufuzli jurnallarda e'lon qilish bo'yicha fikrlar almashildi.
14-mart—Xalqaro matematika kuni!
March 15, 2023, 9:06 a.m.
#14-mart—Xalqaro matematika kuni ! 14—Mart kuni V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti hamkorligida professor-olimlar va yosh matematiklar ishtirokida O‘zbekiston Matematika jamiyatining “Xalqaro Matematika kuni (Pi-Day)”ga bag‘ishlangan tadbiri bo‘lib o‘tdi.
TOSHMUHAMMAD NIYOZ O‘G‘LI QORI NIYOZIY – ILM-MA’RIFAT DARG‘ASI.
Aug. 15, 2022, 2:36 p.m.
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2022-yil 16-avgust kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan respublika ilmma’rifat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ilg‘or isloxotchi olim T.N.Qori Niyoziy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Toshmuxammad Niyoz o‘g‘li Qori Niyoziy – ilm-ma’rifat darg‘asi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.
Akademik Shavkat Ayupov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida uchrashuv o‘tkazdi
April 25, 2022, 6:12 a.m.
Akademik Sh.A. Ayupov yurtimizda matematika ilm-faniga hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan katta e’tibor, matematika fanining jamiyatimizda tutgan ahamiyati va diyorimiz matematik olimlarining ilm-fanga qo‘shgan salmoqli hissalariga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Uchunchi Renessansning poydevori yaratish va buning uchun minglab talantli kadrlar, iqtidorli zamonaviy yoshlar va fidoyi insonlarning kerakligini aytib o‘tdi.
Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv
April 22, 2022, 9:02 a.m.
2022 yilning 21 aprel kuni Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseyi o‘quvchilarining taniqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori va O‘zbekiston qahramoni Shavkat Abdullayevich Ayupov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv
April 20, 2022, 12:41 a.m.
Uchrashuv davomida Sh.Ayupov matematika fanining ahamiyati, rivojlanishi, o‘zbek allomalari va zamonimiz olimlarining fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida suhbatlashildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi va akademik Sh.A.Ayupov tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.
HURMATLI OLIMJON SHUKUROVICH!
March 31, 2022, 10:02 a.m.
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti jamoaci Sizni tavalludingizning 60 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
AKADEMIK AYUPOV SHAVKAT ABDULLAYEVICH BILAN UCHRASHUV
March 25, 2022, 4:42 p.m.
25-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, V.I.Ramanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O'zbekiston qahramoni, fizika-matematika fanlari doktori Shavkat Ayupov, Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.
O‘ZBEKISTONDA XALQARO MATEMATIKA KUNINI NISHONLASH
March 13, 2022, 4:45 p.m.
O‘ZBEKISTONDA XALQARO MATEMATIKA KUNINI NISHONLASH 2022 yil 14 mart, soat 11:00 da O‘zbekiston matematika jamiyatining navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi. 👨💻 Ma'ruzachilar: 1. Akademik Abdulla Azamov-Matematikaning tilsimi haqida; 2. Professor O'tkir Roziqov- Matematik bilyard tilida π soni.
E’LON!!!
March 13, 2022, 10:20 a.m.
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Samarqand bo‘linmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi barcha ixtisoslashgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilariga amaliy yordam berish maqsadida, 2022 yilning 14 mart kuni soat 14:00 da "Ehtimollar nazariyasi elementlari" mavzusida (online) vebinar tashkil qilinadi.
Akademik T. A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyantlarini taqdirlash marosimi.
Dec. 1, 2021, 12:57 p.m.
Akademik T. A. Sarimsokov nomidagi stipendiyani 2021-2022 o‘quv yili uchun 5 nafar talabaga (10 oy muddatga kar oyda 750 ming sumdan), 5 nafar magistrantga (10 oy muddatga har oyda 1 mln. sumdan) va 2022 yil uchun 5 nafar tayanch doktorantga (10 oy muddatga har oyda 1,5 mln.sumdan) berilishi belgilangan.
Talabalar uchun "Qori Niyoziy" olimpiadasi!
Nov. 9, 2021, 6:59 a.m.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti (https://t.me/milliymatematikauz), "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasi olimpiadasi o‘tkaziladi.
2021 yil 6 oktyabr kuni institut faxriylari va ularning oila a’zolari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Oct. 6, 2021, 5:33 p.m.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 158-sonli majlisi bayonnomasiga ko‘ra 2021 yil 4-10 oktyabr kunlari "Keksalarni e’zozlash, ularra hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgy fazilat" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan "Keksalar haftaligi"ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida 2021 yil 6 oktyabr kuni institut faxriylari va ularning oila a’zolari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
A.A’zamov Matematika fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Oct. 6, 2021, 5:09 p.m.
Namangan davlat universiteti matematika fakultetida atoqli olim, O‘zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Matematiklari jamiyati raisi, adabiyotshunos olim, drammaturg, aruz ilmining bilimdoni Abdulla Azamov bilan talabalar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Matematika instituti Buxoro hududiy bo‘linmasi ilmiy xodimlari
Sept. 21, 2021, 5:35 a.m.
Matematika instituti Buxoro hududiy bo‘linmasi ilmiy xodimlari hamda Buxoro davlat universiteti “Differensial tenglamalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Buxoro tumanidagi 3-IDUM da tuman matematika o‘qituvchilari bilan uchrashishdi.
akademik, Toshmuhammad Aliyevich SARIMSOQOV (1915-1995)
Sept. 10, 2021, 5:15 a.m.
Mashhur matematik olim T.A. Sarimsoqov — fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Davlat mukofotlari laureati. U mamlakatimiz va chet ellar matematiklari orasida ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va funksional analiz, umumiy topologiya va ularning tatbiqlari sohalaridagi tadqiqotlar muallifi sifatida tanilgan.
"Eng yaxshi ilmiy ma`ruza" online tanlovi natijalari.
Aug. 7, 2021, 4:55 p.m.
Matematika instituti va "Akademik Qori-Niyozov merosi" ilmiy-metodik markazi hamkorlikda Matematika ixtisosliklari bo'yicha tahsil olayotgan doktorantlari uchun "Eng yaxshi ilmiy ma`ruza" online tanlovi tashkil etilgan edi.
MATEMATIKA ILM-FANI YANGI DARAJAGA OLIB CHIQILADI
Aug. 6, 2021, 9:15 a.m.
Prezidentning 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
|