Tashrif.
📅 10-May, 2022-yil 15:48

2022 yil 10 may kuni O‘zbekiston qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi, Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori Shavkat Ayupov Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabiga va Buxoro davlat universiteti huzuridagi Qorako‘l akademik liseyiga tashrif buyurdi. Sh.Ayupov uchrashuv davomida O‘zbekiston matematikasining o‘tmishi, bugungi kundagi holati va istiqboli haqida fikrlar bildirdi.