TABRIK

📅 11-Mart, 2022-yil 16:51

Yangilik rasmi O'zR FA Matematika instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Shoyimardonov Sobirjon Prezident stipendiyasi sovrindori bo'ldi. 2008-yili O'zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabasi bo'lgan va 2012-yil imtiyozli diplomga tamomlagan. O'z faoliyati davomida ko'plab yutuqlarga erishgan, jumladan: 2020- yilda “Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari” tanlovida g'olib bo'lgan va diplom bilan taqdirlangan. 2021-yilda matematika sohasidagi doktorantlar o'rtasida o'tkazilgan "Eng yaxshi ilmiy ma'ruza" tanlovida sovrinli 3- o'rinni egallab pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi. Stipendiya sovrindorini Matematika instituti nomidan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga zafarlar tilaymiz!