Xalq ta’limi tizimida statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida joriy etish

📅 20-Fevral, 2022-yil 16:35

Yangilik rasmi ✅A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog kadrlar buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha seminar tashkil etildi. 🔰Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutidan vakillar ishtirok etdi. ✅Tadbirda xalq ta’limi tizimida statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida tahlil qilishga qaratilgan loyiha mazmun-mohiyati bilan tanishtirilib, bildiriladigan taklif va mulohazalar umumlashtirildi. ✅Institut ilmiy bo‘lim mudiri i.f.n., dosent A.Ibragimov ishtirokchilarga “Xalq ta’limi tizimida statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida joriy etish” bo‘yicha tayyorlanayotgan loyiha maqsadi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi