Muxamedov Farrux Maksutovich Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha a’zosi etib saylandi.

📅 5-Noyabr, 2021-yil 4:25

Yangilik rasmi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, Birlashgan Arab Amirliklari Universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Muxamedov Farrux Maksutovich Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha a’zosi etib saylandi. Shuningdek, Muxamedov F.M. dunyodagi eng yirik nashriyotlardan biri bo‘lgan ELSEVIER va STENDFORD universiteti tomonidan dunyoning 2021 yilda Top 2% olimlar qatoriga kiritilgan ma’lumotlar bazasida “dunyoda eng salohiyatli 100 mingta olimlar ro‘yxati”ga kiritilgan. Muxamedov Farrux Maksutovich operatorlar algebralari, kvant statistik mexanikasining modellari, noarhimed analizi va kvant kvadratik operatorlari nazariyalarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan olimdir.