Matematika instituti direktor o‘rinbosari Gʻolibjon Isroilovich Botirov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdirlandi.
📅 30-Avgust, 2021-yil 11:51

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi huzuridagi Ekspertlar kengashi a’zosi fizika-matematika fanlari doktori Gʻolibjon Isroilovich Botirov Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan hamda Oliy Majlis Senati faoliyatidagi samarali ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.