Buxoro bo‘linmasi
Laboratoriya mudiri

Teshaev Muhsin Khudoyberdiyevich
Laboratoriya mudiri
📧 Email: mteshaev@mathinst.uz
📞 Telefon: +99893 681 04 31
🕔 Qabul kunlari:
🏢 Ishxona nomeri: 434
📍 Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
BatafsilLaboratoriya tarixi
BO‘LINMA TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V. I.
Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Buxoro bo‘linmasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son qarorining
17-bandiga binoan ochildi. Mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq bo‘linma 10
shtat birligida shakllantirilgan va bo‘linma Buxoro davlat universitetida joylashtirildi. Hozirgi vaqtda
bo‘linmaga fizika-matematika fanlari doktori, professor D.Q. Durdiyev rahbarlik
qilmoqda. Shuningdek, mazkur bo‘linmada bosh ilmiy
xodim M.X. Teshayev,
yetakchi ilmiy xodimlar Yu. X. Eshkabilov, T.X. Rasulov,
X.R. Rasulovlar, katta ilmiy xodimlar Z.R. Bozorov, I.U. Shadmanov, U.D. Durdiyev, A.A. Rahmonov, S.S.
Xudoyorovlar va kichik ilmiy xodimlar S.S. Boboyev, E.B. Dilmurodov,
J.J. Jumayev, A.A. Boltayevlar
ilmiy faoliyat yuritmoqda.
ASOSIY NATIJALAR
- Matematik fizikaning differensial va integro-differensial tenglamalariga teskari
bo’lgan masalalarni tadqiq
qilish;
- Blok-opertorli matritsalar va panjaradagi uch zarrachali model
operatorlarning spektral xossalarini tavsiflash;
- Deformatsiyalanuvchan
yarim tekislik va himoya qurilmalarining portlash yuklanishlari ta’siridagi
tebranishlari, amplitudaning maksimal bo‘ladigan
uchastkalari aniqlash va tavsiflash;
- Hilbert fazolarida
optimal interpolyatsion va kvadratur formulalar qurish;
Laboratoriya tarkibi











Ilmiy faoliyat
TADQIQOT YO‘NALISHLARI
Hozirgi kunda bo‘linmada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda:
- Matematik fizikaning differensial va integro-differensial tenglamalariga teskari
bo’lgan masalalar;
- Blok-opertorli matritsalar va panjaradagi uch zarrachali model
operatorlarning spektral xossalari;
- Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi;
- Hilbert fazolarida
optimal interpolyatsion va kvadratur formulalari;
Xalqaro hamkorlik
XALQARO MUNOSABATLAR
Bo‘linma ko‘plab institut va universitetlar bilan faol ilmiy hamkorlik
qiladi, jumladan:
1.
Rossiyaning Novosibirsk davlat
universiteti;
2.
Rossiya Fanlar akademiyasi
Vladikavkaz ilmiy markazi filiali Janubiy matematik instituti;
3.
Italiyaning Pisa universiteti, matematika fakulteti, Professor Dario Andrea Bini rahbarligidagi
labaratoriya;
4.
Koreaning KAIST universiteti matematika va kompyuter ilmlari
fakulteti.