📚 V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti kutubxonasi
O'quvchilarga xizmat ko'rsatish
Dushanba, chorshanba-juma soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Har haftaning seshanba kuni tozalash kuni.
📩 Aloqa uchun ma'lumot:
Yuldasheva Gavhar Akbarovna
Email: yulgavhar@yandex.ru
📄 Ilova:
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti kutubxonasi axborot-kutubxona resurslarini inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan 5 nomdagi jami 1224 jurnallarning ortiqcha nusxalari ro'yxati.

ℹ️ Izoh:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 552-sonli “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risidagi qarori ijrosini ta’minlash, Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalarining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to'g'risidagi Nizomning 2-bob, 22 bandiga muvofiq ortiqcha nusxadagi axborot-kutubxona resurslari vaqt o'tishi bilan foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlarini qondirmay qolgan hamda so'nggi 10-yil mobaynida foydalanuvchilar tomonidan so'ralmagan katta miqdordagi (5 tadan ortiq) nusxalarga ega bir nomdagi nashrlarning (ko'p nusxali, ortiqcha nusxalar) nusxalari 2-ilovada keltirilgan shaklga asosan, boshqa axborot-kutubxona muassasalari hamda boshqa tashkilotlarga taqdim etish uchun tashkilot veb-saytiga bir yil muddatga joylashtiriladi.
Elektron ro'yxat www.mathinst.uz saytiga 2025-yil 26-iyunda yuklandi. mathinst.uz