My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Xotira

To‘xtamurod Jo‘rayevich Jo‘rayev (1934-2009)- atoqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zosi va Turkiyaning Otaturk nomidagi Xalqaro madaniyat va bilimlar akademiyasi akademigi, Fan, ta’lim, sanoat va sanat Xalqaro akademiyasi akademigi (AQSH), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati. T.J.Jo‘rayev xususiy hosilali differensial tyenglamalar soxasida ilmiy maktab yaratgan yirik mutaxassis, respublikada fan va oliy ta’limning ajoyib tashkilotchisi, matematika rivojiga salmoqli xissa qo‘shgan atoqli olim. O‘zbekistonda matematik tadqiqotlarning aralash, aralash – qo‘shma tipdagi tenglpamalar nazariyasi yo‘nalishidagi jaxonga taniqli ilmiy maktabning tashkil bo‘lishi va jadal rivojlanishi bevosita T.J.Jo‘rayevning nomi bilan bog‘liq. T.J.Jo‘rayevning matematik-fizikaning noklassik tenglamalari nazariyasini yaratishga qaratilgan fundamental ilmiy tadqiqotlari hamda mexanikaning dolzarb masalalari hisoblangan chegara qatlam nazariyasining matematik muammolarini hal qilishga bag‘ishlangan ham nazariy ham amaliy axamiyatga ega bo‘lgan ilmiy ishlari jaxon matematik jamoatchiligida tan olindi va uni ushbu yo‘nalishdagi jaxonga taniqli tadqiqotchilar qatoriga olib chiqdi. T.J.Jo‘rayev 1934 yil 25 oktyabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tavallud topdi. 1953 yili o‘rta maktabni tamomlab, O‘rta Osiyo Davlat universitetini fizika-matematika fakultetining matematika bo‘limiga o‘qishga kirdi va 1958 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. Bo‘lajak olimning diplom ishi ilmiy jurnalda chop etish uchun tavsiya qilingan edi. T.J.Jo‘rayevning olim sifatida shakllanishida qator matematik olimlar, ayniqsa akademiklar A.V.Bisadze va O.A.Oleynik raxbarlik qilgan jaxonga taniqli ilmiy maktablar juda katta va sermahsul ta’sir ko‘rsatdi. Iste’dodli olim o‘zining mashaqqatli va sermazmun mehnati evaziga ulkan ilmiy obro‘ga ega bo‘ldi: u 1962 yilda nomzodlik, 1972 yilda esa doktorlik dissertasiyasini himoya qildi, 1974 yilda esa professor unvoniga sazovor bo‘ldi. Shu yili T.J.Jo‘rayevga differensial tenglamalar nazariyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1979 yili O‘zR FA muxbir a’zosi, 1991 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoniga saeovor bo‘ldi. T.J.Jo‘rayev matematik fizikaning noklassik tenglamalari uchun chegaraviy masalalar nazariyasini ishlab chiqishga salmoqli xissa qo‘shdi. U aralash elliptiko – giperbolik , elliptiko – parabolik va parabolo – giperbolik tenglamalarni muntazam taxlil etdi, hatto oxirgi ikki tipdagi tenglamalar uchun qator tadqiqotlari eng muxim va bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarning asosini tashkil etadi. T.J.Jo‘rayev tamonidan birinchi marta amalda tadbiq qilish nixoyatda muxim bo‘lgan tip o‘zgarish chizig‘i noma’lum bo‘lgan aralash parabolo – giperbolik tenglamalar uchun chegaraviy masalalar qo‘yilda va tadqiq etildi. Bugungi kunda bu yo‘nalish uning shogirtlari tamonidan “noma’lum chegarali masalalar” nomi bilan jadal rivojlanmoqda Uch o‘lchovli chekli va cheksiz soxalarda parabolo – giperbolik tenglamalarni o‘rganish birinchi marta T.J.Jo‘rayev va uning shogirtlari ishlarida boshlangan. T.J.Jo‘rayevning tadqiqotlarida yuqori tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalarni o‘rganish katta o‘rin egallaydi. U uchinchi va to‘rtinchi tartibli tenglamalarni to‘la klassifikasiyalash va ularni kanonik ko‘rinishga keltirish usullarini ko‘rsatib berdi. T.J.Jo‘rayevning bevosita raxbarligida birinchi bo‘lib yuqori toq tartibli karrali xarakteristikali tenglamalar taxlil qilinib, ularning fundamental va elementar yechimlari qurildi hamda bu yechimlarning xossa va xusisiyatlari o‘rganilib chegaraviy masalalarni yechishga tadbiq etildi. Bosh qismida elliptiko – parabolik va elliptiko – giperbolik operatorlarni o‘z ichiga olgan uchinchi tartibli tenglamalar uchun chegaraviy masalalar qo‘yish va ularni o‘rganishga bag‘ishlangan To‘xtamurod Jo‘rayevichning ilmiy ishlari aralash – qo‘shma tip tenglamalar nazariyasidagi fundaiyental ishlarning asosi xisoblanadi. Bundy tenglamalarni yechishning yangi usuli, ya’ni qo‘shma va aralash – qo‘shma tipdagi tenglamalarni o‘ng tamonida no’malum funksiya qatnashgan ikkinchi tartibli tenglamaga keltirib yechish usuli taklif qilindi va bu usul xozirda keng qo‘llanilmoqda. Qo‘shma va aralash – qo‘shma tipdagi operatorlarning spektral nazariyasiga oid tadqiqotlar T.J.Jo‘rayev raxbarligida va uning bevosita ishtirokida boshlandi va shogirtlari tamonidan davom ettirilmoqda. T.J.Jo‘rayev xozirgi zamon gidromexanikasining eng muhim bo‘limi hisoblangan chegara qatlamning matematik nazariyasi rivojiga munosib xissa qo‘shdi. Olim tamonidan siqiluvchi hamda siqilmaydigan suyuqliklarning stasionar va nostasionar oqimlarini ifoda etuvchi Prandtel tenglamalar sistemasi uchun chegaraviy qatlamning asosiy masalalarining bir qiymatli yechimga ega ekanligi isbotlandi va suyuqliklarning tekis va uch o‘lchovli osesmetrik oqimlari talqin qilindi. T.J.Jo‘rayev 3 ta monografiya, 4 ta darslik va o‘quv qo‘llanma hamda respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilingan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. T.J.Jo‘rayev O‘zbekistonda fan va ta’limning ajoyib tashkilotchisi sifatida keng tanilgan. 1974 – 1985 yillarda O‘zR FA M.T.O‘rozboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi institutiga, 1985 – 1992 va 1997 – 2003 yillarda UzR FA Matematika institutiga raxbarlik qildi. 1992 – 1995 yillarda Toshkent Davlat universiteti rektori, 1994 – 1999 y illarda O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi deputati, 1995 – 2000 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimlarida ishladi. T.J.Jo‘rayev sermazmun ilmiy ijodini doimo pedagogik va jamoat ishlari bilan qo‘shib olib borgan. O‘zbekiston FA qoshidagi “Matematika” Kengashi raisi, “O‘zbekiston matematika jurnali”ning bosh muxarriri, O‘zbekiston matematika jamiyatining prezidenti, O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi institutidagi, ToshDUdagi, O‘zR FA Matematika institutidagi doktorlik va nomzodlik ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar raisi, xususiy hosilali differensial tenglamalar bo‘yicha respublika seminarining raxbarlaridan biri, shu yo‘nalishlarni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonda matematik tadqiqotlarni va matematik ta’lim darajasini oshirishga katta xissa qo‘shgan. 1996 yilda “Do‘stlik” ordeni, 1999 yilda “Mexnat shuxrati” ordeni bilan mukofotlangan. T.J.Jo‘rayev respublikamizda ma Markaziy Osiyoda yuqori malakali mutaxassislarning shakllanishiga katta xissa qo‘shgan, uning raxbarligida 8 ta fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan. U fanda erishgan yutuqlarini ko‘plab chet ellarda, xalqaro ilmiy anjumanlarda nomoyish etgan. Shu bilan birga differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha o‘tkazilgan bir qancha xalqaro anjumanlar tashkiliy qo‘mitasi raisi va a’zosi bo‘lgan. T.J.Jo‘rayev davlat va ilmiy delegatsiyalar tarkibida AQSH, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Angliya, Avstriya, Vengeriya, Italiya, Polsha, Bolgariya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda bo‘lgan. Oliy insoniy xislatli, ruxan boy, O‘zining adolatparvar prinsiplpriga sodiq, ajoyib olimning ko‘p qirrali butun umri fanga va xalqqa xizmatning yorqin namunasidir. Bugungi kunda To‘xtamurod Jo‘rayevichning shogirtlari va izdoshlari mamlakatimizning turli tarmoq va soxalarida , shuningdek, xoijiy mamlakatlarda muvoffaqiyatli ishlab, uning ishini dvaom ettirib kelmoqdalar. Mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlashga katta xissa qo‘shgan yirik olim, g‘amxo‘r murabbiy, ajoyib inson akademik To‘xtamurod Jo‘rayevich Jo‘rayev do‘stlari, hamkasblari, shogirtlari va farzandlari xotirasida doimo barhayot.