My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Sportning shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha Institut chempionati.
May 26, 2022, 6:07 p.m.

2022 yilning 26 may kuni Matematika instituti xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha Institut chempionati o‘tkazildi. Shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada “Hisoblash matematikasi” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi A.Q. Boltaev g‘olib bo‘ldi. Stol tennisi musobaqasini institutning 16 nafar xodimi to‘rt guruhga bo‘lingan holda boshladi. Nizomga ko‘ra guruh bahslari guruhdoshlar orasida (21 ochkolik tizimda, ya’ni katta partiyada) o‘zaro bir martalik bahs sifatida olib borildi. O‘z guruhida dastlabki ikki o‘rinni egallagan tennischilar chorak final bahslariga yo‘l olishdi. Chorak final o‘yinlari juftliklar orasida (11 ochkolik tizimda, ya’ni kichik partiya) uch martalik bahs sifatida o‘tkazildi. Har bir juftlik g‘oliblari yarim finalga yo‘l olishdi. Yarim final o‘yinlari ham juftliklar orasida (11 ochkolik tizimda) uch martalik bahs sifatida o‘tkazildi. Finalda o‘z guruhida dastlabki bahsni mag‘lubiyat bilan boshlaganiga qaramay qolgan o‘yinlarda raqiblarini yengib kelayotgan Norqo‘ziev Bobomurod (“Algebra va uning tatbiqlari” laboratoriyasi 3-bosqich tayanch doktoranti) va uchragan raqibidan bahslarda ustunligini namoyish qilib kelayotgan Shahobiddin Qo‘ziev (“Hisoblash matematikasi” laboratoriyasi 1-bosqich tayanch doktoranti) dueliga guvoh bo‘ldik. Birinchi partiyani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan Sh.Qo‘zievning imkoniyati ko‘proqdek ko‘ringan bo‘lsa-da, ikkinchi partiyani B.Norqo‘ziev ishonchli tarzda boshlab bahs hali yakunlanmaganini hammaga bildirib qo‘ydi. Ikkinchi partiyani yutib ruhiy ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirgan B.Norqo‘ziev oxirgi partiyani ishonchli boshladi. Lekin bu musobaqada raqiblarini xotirjamlik bilan yengib kelayotgan Shahobiddin o‘yin tizginini o‘z qo‘liga olib irodali g‘alaba bilan partiyani yakunladi. Bizga shunday ajoyib finalni taqdim etishda asosiy ishtirokchilar bo‘lgan tennischilarimizga alohida rahmat aytamiz. Akademiada bahslarida ham sportchilarimizdan Institutimiz sharafini munosib himoya qilishlarini so‘rab qolamiz. Olg‘a matematiklar! Fanda ham sportda ham ilg‘orlardan bo‘ling har doim!