My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
O'zMU "Matematika" sohasida dunyoning eng kuchli universitetlari qatorida
May 18, 2022, 11:32 p.m.

🔹 Bugun, 18-may kuni O'zMUda O'zbekiston Matematika jamiyati hamda O'zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi hamkorligida Matematika instituti "O'zMU "Matematika" sohasida dunyoning eng kuchli universitetlari qatorida" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. 🔸 Anjumanni O'zMU rektori Inom Madjidov ochib berdi. Shuningdek, O'zMU Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Raima Shirinova, O'zR FA Matematika instituti direktori, O'zbeksiton qahramoni Shavkat Ayupov, O'zbekiston Matematika jamiyatining faxriy Prezidenti, akademik Abdulla Azamov, O'zMU Matematik analiz kafedrasi mudiri, akademik Azimbay Sadullayev mavzu yuzasidan taqdimot qildilar. ✔️ Anjumanda taqdimotlarda yosh olimlar va talabalarga ilmiy-amaliy tafsiyalar berildi. 📌 Ma`lumot o'rnida: Joriy yilning aprel oyida e`lon qilingan QS Subject Ranking 2022 O‘zMU matematika sohasida dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatorida 451-500 o‘rinni egallagan edi.