My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Uchrashuv
April 20, 2022, 12:41 a.m.

Toshkent shahridagi 24-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda fanlar o‘qitilishiga qiziqishni orttirish maqsadida 2022 yil 20 aprel kuni soat 12.00 da Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Qahramoni Ayupov Shavkat Abdullayevich, Matematika instituti direktor o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori Botirov G‘olibjon Isroilovich, Matematika instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Xudoyberdiyev Abror Xakimovichlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Sh.Ayupov matematika fanining ahamiyati, rivojlanishi, o‘zbek allomalari va zamonimiz olimlarining fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida suhbatlashildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi va akademik Sh.A.Ayupov tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.