My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
PROFESSOR G‘ANIXO‘JAYEV NOSIR NABIYEVICH 75 YOSHDA
Jan. 22, 2022, 6:42 p.m.

N.N.G‘anixo‘jayev statistik mexanika modellari, dinamik sistemalar, kvadratik stoxastik jarayonlar sohalarida maktab yaratgan yirik mutaxassis, respublika fan va oliy ta’limida ajoyib ustoz, matematika rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli olim. N.N.G’anixo’jayevning statistik mexanikada panjarasimon modellardagi Gibbs o‘lchovlari va faza almashishlari masalalari, kvadratik stoxastik jarayonlar, kvadratik stoxastik operatorlar, ergodik nazariya rivojlantirishga yo‘naltirilgan fundamental ilmiy tadqiqot ishlari natijalari jahon matematik jamoatchiligida tan olindi va uni ushbu yo‘nalishdagi jahonga taniqli tadqiqotchilar qatoriga olib chiqdi. O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, Respublika matematik olimpiada, sirtqi televizion olimpiada, xalqaro shaharlararo turnirlarda faol qatnashgan va bir qator yillar o‘quvchi yoshlarni jahon olimpiadasi guruhining murabbiyi. Nosir Nabiyevich G‘anixo‘jayev 1947-yilning 18-yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yil o‘rta maktabni tamomlagan. 1966-yilda Toshkent Davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti o‘qishga kirib, 1971-yilda tamomlagan. 1972-1975 yillarda O‘zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti aspiranturasida tahsil olib, 1975-yil professor V.G.Vinokurov rahabarligida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi. Mehnat faoliyatini 1975-yilda O‘zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti kichik ilmiy xodimi sifatida boshlab, 1978-1990 yillarda O‘zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 1991-yilda fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1990-2002 yillarda O`zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi; 1998 yilda esa Professor ilmiy unvoni sohibi bo’lgan. 1997-2004 yillarda O‘zbekiston Milliy Universiteti Funksional analiz kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. U kishining bevosita rahbarligi ostida 3 nafar fan doktorlik va 10 nafar fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya qilingan. N.N. G‘anixo‘jayev xalqaro ilmiy tashkilot va nashrlarga ham a’zo hisoblanadi. Jumladan, "International Journal of Functional Analysis, Operator Theory and Applications” va “International Journal ― Information Sciences Letters” xalqaro jurnallari tahrir hayati a`zosi; American Mathematical Society (AMS) a`zosi; Journal of AMS “Mathematical Reviews” va Zentralblatt MATH jurnallarida taqrizchi. N.N. G‘anixo‘jayev qator xorijiy mamlakatlarda o’tkazilgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan. Jumladan, 1977-yil Leipzig (Germaniya); 1989-yil Vilnius (Latviya); 1995-yil Mulhouse-Colmar (Fransiya); 1996-yil Ankara (Turkiya); 1997-yil Mardel Plato (Argentina); 1998-yil Parij (Fransiya); 1999. I-st Turkish World Mathematics Symposium, Elazig, Turkiya; 1999-yil Bucharest (Ruminiya); 2000-yil Seoul (Koreya); 2001-yil Washington (AQSh); 2002-yil Glasgow (Angliya); 2002-yil Cambridge (Angliya); 2004-yil Triesta (Italiya); 2005-yil Bressanone (Italy); 2008-yil Singapur shaharlarida bo‘lib o’tgan ilmiy anjumanlarda o‘zining qiziqarli ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Ma'lumot http://mathnet.uz/ dan olindi.