My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
E’tibor bor joyda yuksalish bo‘ladi.
Nov. 26, 2021, 1:35 p.m.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov so‘nggi yillarda yurtimizda matematika faniga qaratilayotgan e’tibor xususida mulohaza yuritadi. Yurtimizda matematika fanining rivojlanishida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining salmoqli hissasi bor. V.Romanovskiy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, M.Salohitdinov, T.Jo‘rayevning sa’y­ harakatlari bilan barpo etilib, dunyo matematika hamjamiyati tomonidan tan olingan funksional analiz va algebra, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktablari alohida e’tirofga loyiq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida “Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak”, deb alohida ta’kidladi.