Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
|
Xodimlar
Farmonov Shokir Qosimovich
Google Scholar
Scopus.com
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: akademik,
lavozimi: bosh ilmiy xodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 210,
telefon: +99895 195 65 48,
email: shakirformanov@yandex.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Xusanboev Yoqubjon Muxammadjonovich
Google Scholar
Scopus.com
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim,
lavozimi: bosh ilmiy xodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 210,
telefon: +99894 616 05 35,
email: yakubjank@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Miraxmedov Sherzad Adilovich
Scopus.com
Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: professor,
lavozimi: bosh ilmiy xodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99894 602 60 16,
email: shmirakhmedov@yahoo.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Ganikhodjaev Nosir Nabievich
Google Scholar
Scopus.com
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: professor,
lavozimi: boʻlim mudiri,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 217,
telefon: +99897 122 18 48,
email: nasirgani@yandex.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Sharaxmetov Shaturg’un
Scopus.com
Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: professor,
lavozimi: yetakchi ilmiy xodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99890 936 96 69,
email: sh_sharakhmetov@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Sharipov Olimjon Shukurovich
Scopus.com
Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: professor,
lavozimi: yetakchi ilmiy xodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99890 986 64 27,
email: osharipov@yahoo.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Bakoev Matyokub Teshayevich
Google Scholar
Scopus.com
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: professor,
lavozimi: yetakchi ilmiy xodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99890 959 36 18,
email: Matyokub.bakoev@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Raimova Gulnora Mirvaliyevna
Google Scholar
Scopus.com
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: professor,
lavozimi: yetakchi ilmiy xodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99891 190 37 69,
email: raimova27@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Xamdamov Isakjan Mamasaliyvich
Scopus.com
Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,
ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim,
lavozimi: katta ilmiy hodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99894 661 85 89,
email: khamdamov.isakjan@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Sharipov Sa’dillo Olimjonovich
Scopus.com
Google Scholar
ilmiy darajasi: PhD,
ilmiy unvoni: kichik ilmiy xodim,
lavozimi: kichik ilmiy hodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99890 950 48 87,
email: sadi.sharipov@yahoo.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Aliyev Abdurahmon Farhod o’g’li
Scopus.com
Google Scholar
ilmiy darajasi: PhD,
ilmiy unvoni: kichik ilmiy xodim,
lavozimi: kichik ilmiy hodim,
mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,
telefon: +99891 219 83 19,
email: aliyev95.uz@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi: matematika
|
|
Seminarlar |
Seminar rahbari: N.N. Ganikhodjaev. Seminar kotibi: S.O.Sharipov.
Seminar o'tkazilgan joy: Zoom online
Seminar har haftaning juma kuni soat 10:00 dan 11-00 gacha oʻtkaziladi
Seminar rahbari: N.N. Ganikhodjaev. Seminar kotibi: S.O.Sharipov.
Seminar o'tkazilgan joy: Zoom online
Seminar har hafta dushanba kuni soat 11:00 dan 12-00 gacha oʻtkaziladi.
|
Laboratoriya tarixi
1943 yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining Matematika instituti tashkil etilib, uning qoshida matematik
statistika va ehtimollar nazariyasi bo‘limi (bo‘lim mudiri V.I.Romanovskiy)
ochildi. Laboratoriya O‘zbekistonda matematikani, ayniqsa, ehtimolliklar
nazariyasi va matematik statistikani rivojlanishiga, jahon miqyosida O‘zbekistonni
nufuzini oshishiga, nafaqat respublika, balki chet ellar uchun ham yuqori
malakali kadrlar yetishtirib berishga katta xissa qo‘shdi. Bu vazifani
bajarishda XX-asrning ajoyib matematigi, akademik V.I.Romanovskiy(1879-1954)
ning o‘rni katta. U yuqori darajadagi matematik olim bo‘lishi bilan birga
ajoyib pedagog bo‘lgan va O‘zbekiston matematika maktabini asoschilaridan biri
xisoblanadi.
Laboratoriya
hodimlari ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, tasodifiy
jarayonlar nazariyasi bo‘yicha ko‘plab salmoqli natijalar olgan. Ayniqsa bog’liqsiz
tasodifiy miqdorlar yig’indisi uchun limit teoremalar va ulardagi baholar,
Markov zanjirlari uchun limit teoremalar, tasodifiy tarmoqlanuvchi jarayonlar
uchun limit teoremalar, maxsulot sifatini nazoratining statistik usullari,
ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, statistik baholar nazariyasining
asimptotik masalalari, statsionar tasodifiy miqdorlar, ergodik nazariya,
stoxastik dinamik sistemalar nazariyasi, statistik fizikadagi tasodifiy maydonlar,
kvadratik stoxastik jarayonlar va boshqa yo‘nalishlarda katta ilmiy natijalarga
erishildi. Xususan Markov zanjirlari nazariyasida akademiklar V.I.Romanovskiy,
T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov va Sh.Q.Farmonovlar, Tarmoqlanuvchi jarayonlar
nazariyasida S.V.Nagayev, A.V.Nagayev, Sh.Q.Farmonov, R.E.Muxammedxanova,
I.S.Badalbayev va I.Raximovlar, Ehtimollik nazariyasining diskret masalalari va
tadbiqlari soxasida Sh.A.Miraxmedov, Parametrik va no-parametrik statistika masalarida
M.A.Mirzaxmedov, Sh.A.Xoshimov va Sh.A.Miraxmedovlar, Ommaviy xizmat ko‘rsatish
sistemalari uchun limit teoremalardagi tekis baholarda akademik T.A.Azlarov, funksional
fazolarda, xususan Banax fazosidagi kuchsiz bog’langan elementlar yig’indisi
uchun limit teoremalarda O.Sh.Sharipov, Senzurlangan kuzatuvlarga asoslangan
statistikalarning asimptotikasida A.A.Abdushukurov, Statsionar tasodifiy miqdorlar,
ergodik nazariya va stoxastik dinamik sistemalar nazariyasida V.G. Vinokurov va
N.N.Ganixodjayevlar, Statistik fizikadagi tasodifiy maydonlar va kvadratik
stoxastik jarayonlar nazariyasida N.N.Ganixodjayev va ularning o‘quvchilari mutaxasislar
etirof etgan yuqori darajadagi ilmiy natijalarga erishdilar.
1944-2021
yillar orasida Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘limida akademiklar
V.I.Romanovskiy, T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, T.A.Azlarov, Sh.Q.Farmonov,
professorlar S.V.Nagayev, M.K.Kamolov, M.I.Eydelnat, T.L.Malevich,
V.G.Vinokurov, A.V.Nagayev, M.M.Mamatov, B.Abdalimov, I.S.Badalbayev,
I.Raximov, A.Startsev, Sh.Xoshimov, Sh.A.Miraxmedov, Sh.Shoraxmetov,
M.U.Gafurov, N.N.Ganixodjayev va boshqa ko‘plab taniqli olimlar ishlagan va
ishlab kelmoqda. Institutning birinchi aspiranti sifatida V.I.Romanovskiyning o‘quvchisi
S.X.Sirojiddinov bo‘lgan. Keyinchalik u ko‘p yillar (1970-1983) Fanlar
akademiyasining vitse-prezidenti bo‘lib ishladi. U O‘zbekistonda matematikaning
rivojlanishiga, ayniqsa Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikani
rivojlanishiga juda katta xissa qo‘shgan.
Ehtimollar
nazariyasi va matematik statistika bo‘limini 1949 yilgacha V.I.Romanovskiy,
1953-1954 yillar S.X.Sirojiddinov, 1949-1953,1954-1960 yillar M.I.Eydelnant,
1960-1967 yillar R.X.Diveyev, 1967-1972 yillar V.G.Vinokurov, 1972-1976 yillar
T.A.Azlarov, 2001-2018 yillar Sh.Q.Farmonov. 1971 yili institutning
Ehtimolliklar nazariyasi bo‘limi va Statistika laborotoriyalari birlashtirilib,
“Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” bo‘limi tashkil etildi (bo‘lim
mudiri T.A.Azlarov). 1976 yili Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika
bo‘limi asosida “Ehtimolliklar nazariyasi” (bo‘lim mudiri Sh.K.Formanov) va “Matematik
statistika” (bo‘lim mudiri T.A.Azlarov) bo‘limlari tashkil qilindi.
Ehtimolliklar nazariyasi bo‘limini 1976-1990 yillar Sh.K.Formanov, 1991-1995
yillar I.S.Badalbayev, 1995-2001 yillar Sh.K.Formanov, Matematik statistika bo‘limini
1976-1980 yillar T.A.Azlarov, 1980-1983 yillar S.X.Sirojiddinov, 1983-1988
yillar M.U.Gafurov, 1988-1994 yillar A.V.Nagayev, 1994-2001 yillar Sh.Xashimovlar
boshqargan. 2001 yili Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika bo‘limlari
birlashtirildi va yangi laboratoriyaga 2001-2018 yillar Sh.K.Formanov raxbarlik
qildi. 2020 yili bo‘limga “Stoxastik taxlil” nomi berildi. Bugungi kunda
laboratoriyani Yo.M.Xusanboyev boshqarib kelmoqda.
Tadqiqot Yo'nalishlari
LABORATORIYA
XODIMLARINING TADQIQOT YOʻNALISHLARI
Laboratoriya
xodimlari quyidagi yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib boradi:
-
Tasodifiy yig’indilar uchun markaziy limit teoremaning
klassik va noklassik variantlari;
-
Tasodifiy miqdorlar va vektorlar ketma - ketliklari
uchun limit teoremalar;
-
Tayyor mahsulotni statistik qabul nazoratining matematik usullari;
-
Tasodifiy joylashuvlar (Diskret matematikaning ehtimollik usullari);
-
Statistik alomatlarning asimptotik effektivligi
nazariyasi;
-
Spacings-statistikalar, ularni qoʻllanishlari;
-
Chekli va cheksiz oʻlchamli fazolarda qiymat qabul qiluvchi kuchsiz
bog’langan tasodifiy miqdorlar uchun limit teoremalar va ularning tatbiqlari;
-
Chekli va cheksiz oʻlchamli fazolarda qiymat qabul qiluvchi kuchsiz
bog’langan tasodifiy maydonlar uchun limit teoremalar, tasodifiy maydonlar
uchun kuchsiz bog’liqlik shartlari;
-
Kuzatuvlardan tashkil topgan U-statistikalar uchun
limit teoremalar va butstrep;
-
Avtoregression jarayonlarning parametrlarini baholash,
innovatsiyasi kuchsiz bog’langan avtoregression jarayonlar, Banax fazolarida
avtoregression jarayonlar;
-
Vaqt qatorlarini modellashtirish;
-
Funksional kuzatuvlar tahlili;
-
Momentlar
va ehtimolliklar uchun
tengsizliklar;
-
Berilgan marginal taqsimotga ega boʻlgan
tasodifiy vektorning taqsimot funksiyasini (kopula funksiyasini) qurish;
-
Shartli bog’liqsiz tasodifiy miqdorlar yig’indisining asimptotikasi;
-
Galton-Vatson tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun limit teoremalar;
-
Immigratsiyali tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar
uchun funksional limit teoremalar;
-
Oʻzgaruvchan muhitdagi tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar tahlili;
-
Monte-Karlo metodi va uning tadbiqlari, tavakkalchilik
sharoitida qaror qabul qilishning matematik modellari;
-
Statistik fizikani
panjaraviy modellari uchun limit Gibbs oʻlchovlar nazariyasi;
-
Chiziqli boʻlmagan dinamik sistemalar va ularning
tadbiqlari;
-
Kvadratik stohastik operatorlar va jarayonlar;
-
Ekstremal tartiblangan statistikalarning
asimptotik tahlili;
-
Qavariq qoplamalar funksionallari uchun limit
teoremalar;
-
Nuqtaviy jarayonlar nazariyasi.
Asosiy natijalar
1.
Zarrachalarni
qutichalarga tasodifiy joylashtirishning umumlashgan modeli (Umumlashtirilgan
Urna Modeli) kiritilib, ushbu ehtimollik modelni tavsiflovchi qutichalar-chastotalarining
funksiyalari yigindisi koʻrinishdagi statistikalar
uchun markaziy limit teorema, qoldiq hadga Berry-Esseen turidagi baho,
Edgeworth turdagi asimptotik yoyilma va katta
og’ish ehtimolliklar haqida teoremalar isbotlangan. Natijalar sanoqli holatli multinomial,
chekli majmuadan qaytarib qoʻymaslik tanlanish
va Pólya–Egenberger modellar masalalariga qoʻllangan.
2.
Chekli majmuadan qaytarib qoymaslik
usulida tuzilgan tanlanma yig’indi taqsimot funksiyasi uchun asimptotik
yoyilma tuzishni algoritmi taqdim etilgan. Chekli majmua tahlilini ikki
pog’onali tasodifiy tanlash sxemasida tabaqalash va klasterlash dizayinlarida
studentlashtirilgan tanlanma oʻrta qiymat taqsimoti uchun asimptotik
yoyilma tuzilgan.
3.
Kuzatuvlarni guruhlash usulida
guruh-chastotalari funksiyalari yig’indisi kabi statistikalarga asoslangan
muvofiqlik alomatlar sinfi o’rganilgan. Ushbu sinfiga tegishli alomatlarni taqqoslashda
alomatlarning asimptotik quvvatiga tayangan Ikkinchi Tartibli Effektivlik
tushinchasi, hamda ikki “extremal hollar” Pitman va Bahadur asimptotik effektivliklari
yondoshish orasida deb qaraladigan Oraliq Effektivlik tushinchasi kiritilgan.
Ushbu effektivliklar ma’nosida optimal alomatlar masalasi yechilgan.
4.
Taqsimotning noma’lum parametriga yuqori
tartibli spacings-statistikalarga asoslangan va Chizar masofasini turli qavariq
funksiyalarda minimallashtiradigan Umumlashtirilgan Spacings Baholar
(Generalized Spacings Estimators) sinfi kiritilib, unda asimptotik effektiv baholar
qism-sinfi ajratilgan Spacings-statistikalarning muvofiqlik alomatlarga qo’llash
va ulaning effektivlik masalalari korilgan. Buning uchun tekis-spacing
statisticalar funksiyalari yig’indisi
korinishdagi statistikalar uchun normal taqsimot orqali approksimasiya etishga
doir barcha turdagi limit teoremalar isbotlangan.
5.
Chiziqsiz masala yechimlari uchun tasodifiy miqdorlarning matematik kutilmasi shaklidagi ehtimoliy koʻrinishlar olingan; ehtimoliy koʻrishlarga muvofiq holda tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar qurilgan, ularni modellashtirish formulalari aniqlangan, qurilgan jarayonlar bir ehtimollik bilan tugallanishi hamda
avlod zar rachalari soni birdan kichikligi isbotlangan; jarayon trayektoriyasida siljimas baho, kam tarmoqlangan jarayon trayektoriyalarida siljigan baholar qurilgan, qurilgan baholar dispersiyasi chegaralanganligi, tarmoqlanish soni chegaralangan jarayonlar trayektoriyalarida aniqlangan va modellashtirilgan; baholarning siljimasligi va dispersiyalarining chegaralanganligi markov momentlari va martingallar nazariyalari yordamida isbotlangan.
6.
Sistemalarga qoʻyilgan chegaraviy masalalar uchun ehtimoliy koʻrinishga muvofiq tasodifiy jarayonlar qurilgan, jarayonlar trayektoriyalari uchun modellashtirish formulalari aniqlangan va modellashtirish algoritmi berilgan; tasodifiy jarayonlar trayektoriyalarida masalalar yechimlarining dispersiyasi chegaralangan siljimas va kam siljigan baholari qurilgan.
7.
Lebeg fazosida sanoqli-uzluksiz oʻsuvchi
oʻlchovli parchalanishlar ketma-ketliklar isomorphism aniqligi bilan
yagona ekanligi isbotlangan.
8.
Holatlar toʻplami chekli va sanoqli boʻlgan
statistik fizikani bir nechta raqobatli oʻzaro ta’sirli modellar uchun limit
Gibbs taqsimoti mavjudligi muammosi hal qilingan, limit Gibbs taqsimotlari
bittadan koʻp boʻlishi muammosi yechilgan.
9.
Kvadratik stohastik jarayonlar tushunchasi
kiritilgan va bunday jarayonlar uchun analitik usullar rivojlangan. Shunday jarayonlarni
tavsiflaydigan kechikadigan argumentli differensial va integro-differensial
tenglamalar chiqarilgan.
10. Chiziqli
boʻlmagan dinamik sistemalar nazariyasida qon gruppasi va rezus faktorni
ota-onadan farzandlarga oʻtish matematik modelni tavsiflaydigan kvadratik stohastik operatorlar qurilgan va oʻrganilgan.
Kvadratik stohastik operatorlarni keng sinfi uchun ergodilik muammosi yechilgan.
Genotiplar toʻplami sanoqli va kontinual boʻlgan kvadratik stohastik
operatorlar qurish usuli taklif qilingan va shunday operatorlarni ayirimlari
uchun ergodilik muammosi hal qilingan.
11. Immigrasiyasi
bog’liq tasodifiy miqdorlar oqimidan iborat tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar
uchun funksional limit teoremalar isbotlangan.
12. Tarmoqlanuvchi
tasodifiy jarayonlar momentlari uchun bitta zarracha momentlari va immigrasiya
momentlari orqali yuqoridan baholar o’rnatilgan.
Mukofotlar
1973
yili C.X.Sirojiddinov, T.A.Azlarov, Sh.K.Formanov va M.M.Mamatovlar “Ehtimollar
nazariyasining limit teoremalari va ularni tatbiqlari” yo‘nalishdagi
izlanishlari uchun Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazavor bo‘lishdi.
1977
yili yosh ehtimolchilar M.U. Gafurov, Sh.A.Miraxmedov, Sh.A.Xoshimov va
Sh.A.Ismatullayevlarga yosh olimlar uchun fan va texnika yo‘nalishida O‘zbekiston
mukofoti berildi.
Xalqaro munosabatlar
Laboratoriya koʻplab horijiy institut va
universitetlar bilan faol ilmiy hamkorlik qiladi. Jumladan:
- V.A. Steklov nomidagi
Matematika instituti (Moskva, Rossiya);
- V.A.
Steklov nomidagi Matematika institutining Sankt Peterburg boʻlimi;
-
S.L. Sobolev nomidagi Matematika instituti (Novosibirsk, Rossiya);
-
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti (Moskva, Rossiya);
-
Boxum universiteti (Boxum, Germaniya)
- Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy Universiteti (Kiev,
Ukraina);
- Kopengagen Universiteti (Kopengagen, Daniya);
- Stenford
universiteti (Kaliforniya, AQSH);
- Putra
universiteti (Kuala-Lumpur, Malayziya);
-
Magdeburg universiteti (Magdeburg, Germaniya);
-
Universitetiy of Debrecen (Debrecen, Vengriya);
- Ukraina Fanlar
Akademiyasining Matematika instituti (Kiev, Ukraina);
-Rossiya Gumanitar Universiteti(Moskva,
Rossiya).
|
|
|