My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
| Seminarlar | Laboratoriya tarixi | Tadqiqot yo'nalishlari | Asosiy natijalar | Mukofotlar | Xalqaro munosabatlar | Nashrlar |
Xodimlar
Tаxirov Jozil Ostanovich
Scopus.com Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.d,  ilmiy unvoni: professor,  lavozimi: laboratoriya mudiri, mutaxassisligi: matematika-informatika
xona nomeri: 306,  telefon:  +998 90 996 53 24, email: prof.takhirov@yahoo.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Mediko-biologik va fizik jarayonlarni matematik modellashtirish, tadqiq etish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish
Asraqulova Dono Sunnatullayevna
Google Scholar
ilmiy darajasi: f.-m.f.n,  ilmiy unvoni: katta ilmiy xodim,  lavozimi: yetakchi ilmiy xodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 309,  telefon:  +998935159093, email: asrakulovadono@gmail.com
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Biologik va ekologik jarayonlarni matematik modellashtirish, muvozanat holatlari va ularning turg‘unligi
Rasulov Mehrojiddin Sobirjonovich
Google Scholar Scopus.com
ilmiy darajasi: PhD,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: katta ilmiy hodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998998696760, email: rasulovms@bk.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Reaktsiya-diffuziya tipidagi koʼp komponentali sistemalar uchun nomaʼlum chegarali masalalar va ularni tadqiq etish.
Umirxonov Mas‘Udxon To’raxon o‘g‘li
Google Scholar
ilmiy darajasi: _,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: katta ilmiy hodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998990777522, email: masudxonumirxonov@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Relaksasion xossali muhitlardagi jarayonlarni matematik modellashtirish (diffuziya va ko‘chish jarayonlari).
Elmurodov Alimardon Nuriddinovich
Scopus.com Google Scholar
ilmiy darajasi: _,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: katta ilmiy hodim, mutaxassisligi: matematika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998941108111, email: elmurodov8111@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Tabiiy jarayonlarning ko‘p fazali noma’lum chegarali modellari va ularni tadqiq etish.
Boboraximova Maxbuba Ixtiyorovna

ilmiy darajasi: _,  ilmiy unvoni: _,  lavozimi: tayanch doktorant, mutaxassisligi: amaliy matematika va informatika
xona nomeri: 301,  telefon:  +998936831351, email: kamina9314@mail.ru
Asosiy ilmiy yo'nalishi:   Biologik va ekologik jarayonlarni matematik modellashtirish, muvozanat holatlari va ularning turg‘unligi

Seminarlar
        
Seminar rahbari: J.O.Taxirov, f.- m.f.d., professor, laboratoriya mudiri.
Seminar o'tkazilgan joy: Zoom online
Seminar kotibi: PhD M.S.Rasulov, katta ilmiy xodim, Seminar har hafta juma kuni soat 10:00 da o’tkaziladi.
        
Seminar rahbari: J.O.Taxirov, f. - m. f. d., professor, laboratoriya mudiri.
Seminar o'tkazilgan joy: Zoom online
Seminar kotibi: PhD M.S. Rasulov, katta ilmiy xodim. Seminar har hafta seshanba kuni soat 15:00 da o’tkaziladi.



Laboratoriya tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining “Chiziqsiz tizimlarni matematik modellashtirish” laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4387-son qarorining 10-bandiga binoan tashkil etilgan. Mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq bo‘linma 5 nafar shtat birligiga ega. Hozirgi vaqtda bo‘linmaga fizika-matematika fanlari doktori, professor J.O.Tаxirov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, mazkur bo‘linmada yetakchi ilmiy xodimlar A.A.Saidov, D.N.Asraqulova, katta ilmiy xodimlar M.S.Rasulov, A.N.Elmurodov va M.T.Umirxonov hamda kichik ilmiy xodim Z.K.Djumanazarovalar ilmiy faoliyat yuritmoqdalar.

 

Tadqiqot Yo'nalishlari

1. Mediko-biologik va ekologik jarayonlarni matematik modellashtirish va ularni tadqiq etish;

2. Fizik jarayonlarni matematik modellashtirish va ularni tadqiq etish;

3. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha izlarishlar olib borish.

 

Asosiy natijalar

1. Rak to‘qimalarining organizmga tarqalishining xemotaktik-xaptotaktik kross-diffuzion modeli taklif etilgan. Model rak to‘qimalari, fermentlar va organizm hujayralari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonini aks ettiradi. Modelni tadqiq etish usuli ishlab chiqildi;

2.Issiqlik, massa va impuls tarqalishining relaksatsion muhitdagi parabolik va giperbolik tenglamalar asosidagi lokal-noturg‘un yangi modeli tadqiq etildi;

3. Ko‘p komponentali muhitlardagi jarayonlarni modellashtiruvchi kross-diffuzion sistemalarni tadqiq etish usullari rivojlantirildi;

4. Zararli moddalar tarqalishining reaksiya-diffuziya modeli ishlab chiqildi, tadqiq etildi va sonli yechish algoritmi taklif etildi;

5. Chiziqsiz parabolik tenglamalar va sistemalardan iborat ko‘p komponentali noma’lum chegarali modellar ishlab chiqildi va tadqiq etish usullari taklif etildi.

6. Epidemiya tarqalishining noma’lum chegarali SIRS modeli takomillashtirildi. Epidemiya tarqalishi yoki to‘xtashining yetarlilik shartlari o‘rnatilgan.

 

Mukofotlar

Yo'q

Xalqaro munosabatlar

Laboratoriya ko‘plab ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi, jumladan:

1. Moskva fizika texnika instituti;

2.Newfounland Memorial universiteti, Atrof muhit va fan maktabi (Kanada);

3.Janubiy Federal Universitet (Rostov-Don).